YOZUVLAR O‘ZGARADI, TARIX YASHAYDI: ARXIV HUJJATLARIDA MILLAT XOTIRASI

Yangilik ilmiy

YOZUVLAR O‘ZGARADI, TARIX YASHAYDI: ARXIV HUJJATLARIDA MILLAT XOTIRASI

 Namangan davlat chet tillari institutida Magistratura bo‘limi tomonidan “Yozuvlar o‘zgaradi, tarix yashaydi: arxiv hujjatlarida millat xotirasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda To‘raqo‘rg‘on tumani Arxivi direktori B.Eraliyev ishtirok etib, arxiv hujjatlarining tarixiy merosni saqlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, arab tili o‘qituvchisi Sodiqjon Ibragimov arab yozuvi, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda tarixiy yozma manbalarni o‘rganishning muhim jihatlari yuzasidan magistrantlarga tushuntirishlar berdi. Tadbirda Magistratura bo‘limi boshlig‘i J.Madmusayev ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida magistratura talabalari tarixiy hujjatlar, yozuvlar va milliy xotiraning o‘zaro uzviy bog‘liqligi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbir doirasida iqtidorli talabalar alohida e’tirof etilib, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu e’tirof ularning bilim olishga bo‘lgan intilishi, faolligi va yutuqlarini rag‘batlantirishga xizmat qildi. Mazkur tadbir Magistratura bo‘limi uslubchisi D.Nabijonova tomonidan tashkil etildi. Tadbir magistrantlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, arxiv hujjatlarining bebaho manba ekanini anglash hamda ajdodlarimizdan qolgan yozma merosni o‘rganishga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishga xizmat qildi.
Zero, yozuvlar almashishi mumkin, ammo hujjatlarda muhrlangan tarix va millat xotirasi asrlar osha yashaydi!

#NamDChTI #Magistratura #Arxiv #MilliyXotira #TarixiyMeros #IqtidorliTalabalar