Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunini jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida Murojaatnomada belgilangan asosiy yo‘nalishlar, xususan, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy barqarorligini mustahkamlash, “mahalla – ta’lim muassasasi – jamiyat” hamkorligi asosida tarbiyaviy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Murojaatnoma mazmuni va unda belgilangan vazifalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Samixanov tomonidan professor-o‘qituvchilarga yetkazildi. Taqdimotda yoshlarni tanqidiy fikrlaydigan, ijtimoiy mas’uliyatni chuqur anglaydigan shaxslar sifatida shakllantirish, sog‘lom dunyoqarashni mustahkamlash hamda turli yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni kuchaytirish masalalari muhim vazifa sifatida qayd etildi.
Shuningdek, seminar davomida institutda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy loyihalar va tarbiyaviy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli asosda tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida Murojaatnomada belgilangan vazifalarni institut miqyosida izchil amalga oshirish, ularni amaliy natijalarga aylantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.
Namangan davlat