Institutda ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy yo‘nalishlardagi ishlar holati bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini tahlil qilishga bag‘ishlangan kengaytirilgan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilish institutning birinchi prorektori X.Nishonov raisligida o‘tkazildi. 

Yig‘ilish davomida institutda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligi, talabalar bilan ishlash tizimi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, psixologik muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar bilan ishlash, kechki ta’lim jarayonlari, shuningdek, sport va to‘garaklarga qamrov masalalari kompleks tarzda ko‘rib chiqildi.

Xususan, Is’hoqxon Ibrat — Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati, davlat dasturlari va hukumat qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi. Shuningdek, talabalar turar joylarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, talabalarning psixologik holati va alohida e’tibor talab etuvchi toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimi, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishidagi faoliyat, kechki ta’limdagi o‘quv jarayoni va nazorat ishlari holati, koordinatorlar faoliyati hamda istiqboldagi rejalar, shuningdek, sport seksiyalari va to‘garaklarga talabalarni jalb etish masalalari yuzasidan taqdimotlar va hisobotlar eshitildi.

Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.