Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etilishi bilan boshlandi. Bellashuvda institut kafedralari professor-o‘qituvchilari va tyutorlardan iborat jamoalar qatnashib, savollarni muhokama qilish va tezkor qarorlar qabul qilish jarayonida o‘z tayyorgarlik darajalarini namoyish etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — “Leaders” jamoasi,
2-o‘rin — Filologiya fakulteti jamoasi,
3-o‘rin — “Intellekt qal’asi” jamoasi.
Shuningdek, bellashuv doirasida bir qator jamoalar alohida nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida institut rektori Rivojiddin Karimov ishtirok etib, g‘olib va sovrindor jamoalarni shaxsan taqdirladi hamda yig‘ilganlarga murojaat qilar ekan, institutda intellektual salohiyatni oshirish, jamoaviy ishlash va tahliliy yondashuvni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda institut kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Namangan davlat