Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida tyutorlik faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi ishchi muhokamalar davom etmoqda.
Yig‘ilish institutning birinchi prorektori X.Nishonov raisligida o‘tkazilib, unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ullari, instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i, Xotin-qizlar kengashi vakillari, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi hamda fakultetlarning mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda.
Mazkur jarayonda tyutorlar tomonidan taqdim etilayotgan hisobotlar ketma-ket tinglanib, ular asosida talabalar bilan ishlashning samaradorligi, manzilliligi va natijadorligi tahlil qilinmoqda. Xususan, talabalarni moslashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, axborot xavfsizligi va ijtimoiy faollikni oshirish kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlarning holati muhokama qilinmoqda.
Muhokamalar davomida mavjud yondashuvlarni takomillashtirish, monitoring va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, shuningdek, tyutorlik faoliyatini yanada tizimli asosda olib borish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilmoqda.
Namangan davlat