Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi mahalla yoshlari uchun bepul ingliz tili kurslari tashkil etilib, mashg‘ulotlar tasdiqlangan o‘quv reja asosida muntazam olib borilmoqda.
Mazkur kurslar yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish hamda ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishga qaratilgan.
Mashg‘ulotlar jarayonida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar hamda amaliy mashqlar keng qo‘llanilib, tinglovchilarga ingliz tilining asosiy grammatik qoidalari, so‘zlashuv ko‘nikmalari va muloqot madaniyati bosqichma-bosqich o‘rgatilmoqda.
Ushbu tashabbus mahalla yoshlari o‘rtasida ta’limga bo‘lgan munosabatni mustahkamlash, ularning bilimga intilishini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga amaliy hissa qo‘shmoqda.
Namangan davlat