Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti O‘zbek va sharq tillari kafedrasi o‘qituvchilari — Erkinov Ahrorbek va Baqoyev Navro‘zjon Namangan radiosining “Men yoshlikman” eshittirishida mehmon bo‘lib, yoshlar ta’limi va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida atroflicha fikr bildirdilar.
Suhbat davomida mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishi masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, bu borada yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va tizimli islohotlar haqida tinglovchilarga asosli ma’lumotlar taqdim etildi. Xususan, Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomalarida belgilangan vazifalar tahlil qilinib, yoshlarni chet tillarini chuqur o‘rganish hamda zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni egallashga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Eshittirishda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy hamkorlik aloqalari, xususan Koreya va Yaponiya bilan bog‘liq ta’lim dasturlari, xalqaro muhit va erishilayotgan natijalar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Namangan davlat