Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan sport musobaqasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda bayram munosabati bilan sport musobaqalarini ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqa jarayonida jamoalar tartib va belgilangan qoidalarga amal qilgan holda bellashdilar.