Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Janubiy Koreyaning Jinju shahrida joylashgan Gyeongsang davlat universiteti (Gyeongsang National University – GNU) bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Namangan King Sejong instituti direktori Song Insong mehmon sifatida ishtirok etdi. Muzokaralarda institut rektori Rivojiddin Karimov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Murodilla Yakubbayev, shuningdek, koreys tili fani o‘qituvchisi Nazira Xo‘janazarova qatnashdi.
Suhbat davomida koreys tili yo‘nalishi bo‘yicha 2+2 qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, hamkorlik memorandumi va tegishli hujjatlarni imzolash masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida hamkorlikni amaliy bosqichga o‘tkazish maqsadida institut vakillarining Gyeongsang davlat universitetiga tashrifini tashkil etish hamda 2026-yil fevral oyida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hamkorlikning amaliy bosqichi esa 2026-yil yanvar oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, kelgusida institutni koreys tili yo‘nalishi bo‘yicha viloyat miqyosida tayanch (hub) markaz sifatida rivojlantirish masalasi ham tomonlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Namangan davlat