Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida tyutorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilinmoqda. Mazkur yig‘ilishga institutning birinchi prorektori X.Nishonov rahbarlik qilmoqda.
Yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ullari, Xotin-qizlar kengashi a’zolari, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.
Kun tartibidan tyutorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili o‘rin olgan. Xususan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan Filologiya fakulteti dekan o'rinbosari Z.Sohibjonov tomonidan hisobot taqdim etildi.
Shuningdek, tyutor J.Abdurazzoqov tomonidan talabalar iqtidorini aniqlash va ularni fan, sport hamda ijodiy to‘garaklarga tizimli jalb etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Tyutor D.Yuldasheva o‘z hisobotida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bundan tashqari, tyutor D.O‘rinova tomonidan talabalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.
Shu bilan birga, tyutor M.Xodjiboyeva tomonidan talabalarda ijtimoiy faollik indeksini rivojlantirish, ularni tashabbuskorlik va jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etishga yo‘naltirish borasida olib borilayotgan ishlar natijalari taqdim etildi.
Yig‘ilish yakunida tyutorlik faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalar bilan ishlashda manzilli va natijador yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Namangan davlat