Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati, ularning samaradorligini oshirish hamda tyutorlik faoliyati ko‘rsatkichlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishga institutning birinchi prorektori X.Nishonov rahbarlik qilmoqda.
Yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ullari, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i, Xotin-qizlar kengashi a’zolari, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, fakultet dekan o‘rinbosarlari, kechki ta’lim bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda tyutorlar ishtirok etmoqda. Muhokamalar davomida talabalarning dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki, yakuniy nazorat ishlariga tayyorgarlik holati, kafedralar va tyutorlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, hozirga qadar talabalarni dars jarayonlariga jalb etish, o‘quv intizomi va nazorat ishlari bo‘yicha holat yuzasidan Til va tarjima fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari M.Rustamaliyevning ma’ruzasi, shuningdek, 2025-yilda fakultetda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Abdualiyevning hisoboti tinglandi. Hisobotlarda mavjud holat, erishilgan natijalar hamda aniqlangan muammolar ochiq va asosli tarzda tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va tyutorlik faoliyatini yanada tizimli tashkil etish, mas’ul bo‘linmalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda talabalarning o‘quv jarayonidagi mas’uliyatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilanishi rejalashtirilgan.