HEMIS axborot tizimi: oliy ta’lim jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha o‘quv-seminar

Yangilik ilmiy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Til va tarjima fakultetida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS” axborot tizimini joriy etish va undan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida fakultet dekani S.Misirov, Registrator ofisi direktori Z.Isoqov hamda Registrator ofisi ma’lumotlar bazasi bo'limi boshlig‘i D.Ibragimov tomonidan professor-o‘qituvchilarga HEMIS tizimining ta’lim jarayonlarini boshqarishdagi amaliy imkoniyatlari, akademik faoliyatni raqamli asosda yuritish mexanizmlari, o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlarni yagona platformada shakllantirish va monitoring qilish tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, seminar doirasida HEMIS axborot tizimi orqali elektron hujjatlar bilan ishlash, fan va guruhlar kesimida ma’lumotlarni kiritish, baholash jarayonlarini tizimli va shaffof tashkil etish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur o‘quv-seminar professor-o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, oliy ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot tizimlari asosida samarali boshqarishni ta’minlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.