Oliy taʼlim: qamrovdan sifatga

Yangilik ilmiy

Soʻnggi yillarda oliy taʼlim bilan qamrovning kengayishi ortida sifatga qaratilgan izchil islohotlar yotibdi, shu bois Oʻzbekiston oliygohlari xalqaro reytinglarda tobora mustahkam oʻrin egallab bormoqda.

2025-yilda oliy taʼlim tizimida qamrovni kengaytirish va sifatni oshirish boʻyicha quyidagi natijalar qayd etildi:

➖ Soʻnggi 8 yilda oliy taʼlim tashkilotlari soni 77 tadan 207 taga yetdi, talabalar soni 280 ming nafardan 1,7 millionga oshdi. Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 44 foizni tashkil etdi.

➖ 2025/2026 oʻquv yili uchun jami 217 276 ta qabul kvotasi tasdiqlandi, shundan 45 422 tasi davlat granti hissasiga toʻgʻri keldi. Masofaviy taʼlim beruvchi oliygohlar soni 21 tadan 52 taga oshirildi.

➖ Qamrovning kengayishi xalqaro sifat koʻrsatkichlarida ham oʻz aksini topdi. QS World University Rankings–2026 natijalariga koʻra, Oʻzbekistonning 7 ta oliy taʼlim tashkiloti reytingda qayd etildi, ularning 5 tasi ilk marotaba ishtirok etdi.

— Times Higher Educhation World University Rankings–2026 natijalarga koʻra, Oʻzbekistonning 4 ta oliy taʼlim tashkiloti jahon reytingida qayd etildi, shulardan 1 tasi TOP–600 (501–600) talikka kirdi, 58 ta oliygoh esa reportyor (daʼvogar) sifatida roʻyxatga olindi.

➖ Shuningdek, Times Higher Education Impact Rankings–2025 natijalariga koʻra, Oʻzbekistonning 12 ta oliy taʼlim muassasasi jahonning TOP–1000 talik roʻyxatidan oʻrin oldi.