Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi ochiq seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi Badalov Avazbek tomonidan XTA-BU-25 guruhi talabalari uchun “Umumiy psixologiya” fanidan “Qobiliyat va iqtidor” mavzusida o‘tkazilgan mazkur mashg‘ulot zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida qobiliyat va iqtidor tushunchalarining ilmiy-psixologik mohiyati, ularning shakllanish omillari hamda shaxs rivojidagi o‘rni atroflicha tahlil qilindi. Talabalarda tanqidiy fikrlash, mustaqil tahlil qilish va pedagogik refleksiya ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Namangan davlat