Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Til va tarjima fakultetida yoshlar o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi” doirasida munozara shaklidagi tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i A.Ikromov, tyutor D.Usmanova, fakultet yetakchilari hamda faol talabalar ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda ularning fuqarolik mas’uliyatini oshirishga qaratildi.
Munozara davomida ishtirokchilar korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning kelib chiqish sabablari va oldini olish mexanizmlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar. Tadbir ochiq muloqot, dalillarga asoslangan fikr almashuvi va tahliliy yondashuv asosida o‘tdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy tafakkurini rivojlantirish, halollik va adolat tamoyillarini anglash hamda ijtimoiy mas’uliyatni chuqur his etishga yo‘naltirilgan mazmunli muloqot maydoniga aylandi.
Namangan davlat