Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida vazirlik mas’ul xodimlari va tijorat banklari vakillari ishtirokida ishchi guruh uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida bitiruvchilarni korxona va tashkilotlarga amaliyotga yo‘naltirish, amaliyot shartnomalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda amaliyot jarayonlarini moliyalashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga, oliy ta’lim tashkilotlari prorektorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda talabalarning bandlik holati hamda tyutorlar faoliyatining samaradorligi muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida “Karyera” hamda “Tyutor HEMIS” axborot tizimlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.