“KELAJAKKA QADAM” DASTURI DOIRASIDA BITIRUVCHILAR UCHUN KREDIT IMKONIYATLARI

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining bitiruvchi talabalari uchun bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida imtiyozli kredit mahsulotlari taklif etilmoqda.

1. “Kelajakka birinchi qadam”
Ijtimoiy soliq to‘lab, o‘zini-o‘zi band qilgan bitiruvchilar uchun
— Kredit summasi: 10 mln so‘mgacha
— Foiz stavkasi: 21 %
— Kredit muddati: 18 oygacha
— Imtiyozli davr: 3 oygacha
❗️ Sug‘urta polisi uchun to‘lov kredit summasidan chegirib qolinadi.

2. “Kelajak uchun start”
Yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun
— Kredit summasi: 300 mln so‘mgacha
— Foiz stavkasi: Markaziy bank asosiy stavkasi + 4 %
— Kredit muddati: 7 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun — 36 oygacha)
— Imtiyozli davr: 2 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun — 6 oygacha)
Asosiy talablar: 
▪️ Kredit oluvchi direktor yoki ta’sischi bo‘lishi
▪️ Garov ta’minoti mavjud bo‘lishi (50 mln so‘mgacha — sug‘urta polisi asosida)
▪️ Salbiy kredit tarixi bo‘lmasligi
▪️ Muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emasligi

3. “Yorqin kelajak sari”
Kengaytirilgan va istiqbolli biznes loyihalar uchun
— Kredit summasi: 1 mlrd so‘mgacha
— Foiz stavkasi: Markaziy bank asosiy stavkasi + 4 %
— Kredit muddati: 7 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun — 36 oygacha)
— Imtiyozli davr: 2 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun — 6 oygacha)
Asosiy talablar: 
▪️ Kredit oluvchi direktor yoki ta’sischi bo‘lishi
▪️ Garov ta’minoti mavjud bo‘lishi
▪️ Kamida 4 ta yangi ish o‘rni yaratilishi
▪️ Salbiy kredit tarixi bo‘lmasligi
▪️ Muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emasligi

Biznes g‘oyasi mavjud bo‘lgan bitiruvchilar hamda kredit olish istagida bo‘lganlar
- “Kelajakka qadam” markaziga yoki institutning mas’ul xodimiga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil: Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti asosiy binosi
Ma’lumot uchun: +998941581098