“Ma’rifat maydoni” — tarix va zamon uyg‘unligidagi ilmiy-ma’rifiy qarashlar

Yangilik ilmiy
“Ma’rifat maydoni” — tarix va zamon uyg‘unligidagi ilmiy-ma’rifiy qarashlar

Namangan viloyatining Davr gazetasining 2025-yil 24-dekabr kungi 24-sonida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi Muzaffar Xo‘jamov hamda Til va tarjima fakulteti TNA-AU-25 guruhi talabasi Durdona Nabijonova hamkorligida yozilgan “Ma’rifat maydoni” mavzusidagi maqola chop etildi.

Mazkur maqolada ma’rifat maydonining jamiyat taraqqiyoti va inson tafakkuri rivojidagi o‘rni ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Unda jadidlar harakatining ilm-fan, ta’lim va matbuot orqali jamiyatni yangilashdagi tarixiy missiyasi tahlil qilinib, bu g‘oyalar bugungi kunda raqamli texnologiyalar vositasida qanday davom etayotgani ochib berilgan. Shuningdek, global axborot makonida bilim, tanqidiy fikrlash va intellektual salohiyatni rivojlantirishda ma’rifatning strategik ahamiyati asoslab berilgan.