Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga Gretsiyaning Hellenic Mediterranean universiteti professor-o‘qituvchilari — George Kritsotakis va Dr.Spyros Kaliakatsios tashrif buyurishdi.
Tashrif Erasmus+ dasturi doirasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, kelgusidagi qo‘shma loyihalarni rejalashtirish hamda talabalar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga qaratildi.
Mehmonlarni institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i N.Rahimova hamda Filologiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Nematjonovlar samimiy kutib oldi. Tashrif davomida ular institutda iqtidorli talabalar tomonidan olib borilayotgan xalqaro loyihalar, ingliz tili ta’limida qo‘llanilayotgan innovatsion uslublar va raqamli yondashuvlar bilan tanishishdi.
Institutimizda bunday xalqaro tashriflar muntazam tus olib, ta’lim hamjamiyatidagi nufuzi tobora ortib bormoqda.
Namangan davlat