Lug'at va ko'nikmalarni rivojlantirish

Yangilik ilmiy

 Kenjaev Azizbek tomonidan "Lug'at va ko'nikmalarni rivojlantirish” mavzusida ochiq dars XTA-IU-25 guruhi bilan o‘tkazildi

Dars talabaga yo‘naltirilgan, o‘qituvchiga yo‘naltirilgan va o‘rganishga yo‘naltirilgan metodlar asosida tashkil etildi hamda talabalar faol ishtirok etdilar. Dars boshida talabalarni faollashtirish va mavzuga qiziqishini oshirish maqsadida qisqa savol-javob mashg‘uloti o‘tkazildi. Ushbu bosqich talabalar uchun mavzu bilan tanishish, fikr almashish, o‘z qarashlarini bildirish va darsga tayyorgarlik ko‘rish imkonini berdi.

Keyingi Warm-up Activity (qizdirish mashg‘uloti) talabalarni darsga jamlash va e’tiborini mavzuga qaratishga xizmat qildi. Bu faoliyat orqali talabalar mavzuga oid asosiy tushunchalarni mustahkamlab, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

Mashg‘ulot davomida talabalar lug‘at boyligi va uni kundalik nutqda qo‘llash bo‘yicha keng va chuqur bilimlarga ega bo‘ldilar. Darsning asosiy maqsadi — assimilyatsiyani tushunish va oson adashtiriladigan ma’no fe’llarini ajrata olish orqali talabalarni yanada tabiiy va ravon nutq so‘zlashga o‘rgatish edi. Talabalar lug‘at boyligining ahamiyati bilan tanishdilar, chunki u og‘zaki nutq va gap tuzilishining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Dars davomida qo‘llanilgan pedagogik yondashuvlar:

- Ice-breaker – talabalarni faollashtirish va darsga tayyorlash uchun;
- Warm-up Activity – mavzuga oid asosiy tushunchalarni mustahkamlash uchun;
- Classroom Activity – individual va guruh ishlari orqali amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun.

Ochiq dars interaktiv, talabaga yo‘naltirilgan va amaliy ruhda o‘tkazildi. Natijada talabalar nafaqat mavzuni nazariy jihatdan o‘rgandilar, balki amaliy ko‘nikmalarini ham rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, mazmunga mos so‘z boyligini to‘g‘ri va ijodiy tanlay olish qobiliyatlari mustahkamlandi.

Dars yakunida talabalar kelajakdagi ilmiy, akademik va kasbiy faoliyatlari uchun foydali bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.