Sog‘lom ona — sog‘lom bola: talaba-yoshlar bilan muhim muloqot

Yangilik madaniy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 15-oilaviy poliklinika bosh shifokori Z.Mamajonova, fakultet dekan o‘rinbosari M.Rustamaliyev, fakultet tyutori M.Xodjiboyeva hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” mavzusiga bag‘ishlanib, unda sog‘lom turmush tarzining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, onalar salomatligini muhofaza qilish, yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish va profilaktik choralar samaradorligi yuzasidan atroflicha fikrlar bildirildi. Mutaxassis tomonidan mavzu doirasida amaliy tavsiyalar berilib, kundalik hayotda sog‘liqni saqlashga mas’uliyatli yondashuv muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Muloqot ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarning sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan munosabatini mustahkamlashga xizmat qildi.