Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Yangi yil mo‘jizasi” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni institutning birinchi prorektori X.Nishonov ochib berib, talabalarning ijtimoiy faolligi va ijodiy salohiyatini e’tirof etdi. Tadbir davomida Filologiya fakulteti dekani E.Isomiddinov so‘zga chiqib, talabalarni bayram bilan tabrikladi hamda ularning ta’lim va ijod yo‘lidagi izlanishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayram kechasi erkin va samimiy muhitda, badiiy va estetik jihatdan puxta yondashuv asosida tashkil etildi. Kuy-qo‘shiqlar, sahnaviy chiqishlar hamda ertaklarga xos uslubda yaratilgan dekoratsiyalar tadbir mazmunini boyitib, umumiy bayramona kayfiyatni ta’minladi. Talabalar tomonidan namoyish etilgan ijodiy chiqishlar tadbirning madaniy saviyasini yaqqol aks ettirdi.
Tadbirning eng yorqin lahzalari aks etgan suratlarni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.