Ayollar va qizlar xavfsizligi yo‘lida: raqamli zo‘ravonlikka qarshi davra suhbati

Yangilik madaniy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida tyutor M.Usmonova tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Ayollarga va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Ataboyeva hamda profilaktika inspektori A.Ortiqov ishtirok etib, raqamli muhitda ayollar va qizlarga nisbatan uchrayotgan tahdidlar, bosim va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratdilar.

Davra suhbati davomida shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy tarqatilishi, ijtimoiy tarmoqlarda bosim va tahdidlar kabi holatlarning huquqiy oqibatlari, shuningdek, bunday vaziyatlarda murojaat qilish mumkin bo‘lgan tashkilotlar va himoya mexanizmlari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “Zo‘rlik ishlatilishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyati talabalarga yetkazildi.

Mazkur tadbir talaba-qizlarning raqamli madaniyatini oshirish, huquqiy ongini mustahkamlash hamda shaxsiy xavfsizlik mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qildi.