“Men ogohlikni qanday his qilaman” — yoshlar nigohida mas’uliyat va hushyorlik

Yangilik madaniy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Men ogohlikni qanday his qilaman” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir yoshlar ongida ogohlik va hushyorlik tushunchalarini mustahkamlash, ijtimoiy mas’uliyat hamda fuqarolik pozitsiyasini anglashga yo‘naltirildi.

Uchrashuvda Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Djalolov hamda tyutor M.Mirgʻaniyeva ishtirok etib, ogohlikning shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlarning zamonaviy tahdidlarga nisbatan ongli yondashuvi, ma’naviy barqarorlikni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.

Tadbir jarayonida talabalar o‘z qarashlari va hayotiy kuzatuvlari asosida erkin fikr almashib, ogohlik tushunchasining kundalik hayotdagi amaliy jihatlari haqida mushohada yuritdilar. Ushbu muloqot yoshlarning mustaqil fikrlashini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.