Yana Yangi yil!

Yangilik madaniy

Namangan davlat chet tillari institutining Rus tili va adabiyoti kafedrasida “Tilshunoslikka kirish” fani doirasida 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Yana Yangi yil!” mavzusida KVN formatida intellektual-ijodiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir stajyor-o‘qituvchi Mirzakbarova Sevda Vahiddinovna tomonidan talabalarning kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bayramona muhit yaratish hamda “Tilshunoslikka kirish” faniga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etildi.

Ishtirokchilar intellektual va ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida topqirlik, hazil-mutoyiba tuyg‘usi hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Tadbir ijobiy va do‘stona muhitda o‘tdi.