Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Yangi yil” karnavali bo‘lib o‘tdi. Tadbirni fakultet dekani S.Misirov ochib berib, talabalarning tashabbuslari va ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtaldi.
Karnaval davomida talabalar turli xorijiy tillarda tayyorlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar hamda raqslar bilan ishtirok etdilar. Chiqishlarda milliy va zamonaviy obrazlar uyg‘unligi namoyon bo‘ldi, xorijiy tillarni amaliy qo‘llash imkoniyatlari ko‘rsatildi.
Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul N.Atabayeva so‘zga chiqib, talaba-qizlarning ijtimoiy va madaniy tadbirlardagi faolligi muhim ekanini qayd etdi.
Yakunda karnavalda faol qatnashgan talabalar fakultet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur karnaval yangi yil arafasida talabalar uchun mazmunli madaniy dastur sifatida tashkil etildi hamda fakultet jamoasi hayotida muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.