Navoiy viloyatining “Uchquduq” gazetasining 2025-yil 12-dekabr kungi 30-sonida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi Baxrom Djalolov hamda Til va tarjima fakulteti TMA-AU-25 guruhi talabasi Madina Abduraxmonova hamkorligida yozilgan “Konstitutsiya: tarix va tajriba” mavzusidagi maqola chop etildi.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining shakllanish jarayoni, tarixiy bosqichlari hamda huquqiy-demokratik jamiyatni barpo etishdagi o‘rni ilmiy-tahliliy asosda yoritilgan. Shuningdek, Konstitutsiyaviy tajribaning bugungi ta’lim jarayonidagi ahamiyati va yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirishdagi roli tahlil qilingan.
Ushbu nashr institut professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-ijodiy hamkorlikning amaliy natijasi bo‘lib, ta’lim va ilm-fan integratsiyasining samarali namunasi hisoblanadi.