Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash maqsadida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Ikramov ishtirok etdi.
Tadbir davomida xalqaro tajriba misolida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari, shaffoflik va qonun ustuvorligi tamoyillarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ta’limiy-ma’rifiy jihatdan yoritib berildi. Xususan, Singapur tajribasi misolida korrupsiyaga nisbatan qat’iy va tizimli yondashuvlar natijasida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, mazkur mavzuga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etilib, unda korrupsiyaga qarshi kurashning amaliy jihatlari va uning ijtimoiy hayotga ta’siri aks ettirildi. Film namoyishidan so‘ng talabalar bilan ochiq muloqot va fikr almashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbir institutda halollik madaniyatini mustahkamlash, talabalarning huquqiy ongini oshirish hamda mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan tizimli targ‘ibot ishlarining uzviy davomi hisoblanadi.
Namangan davlat