Til va madaniyat integratsiyasida amaliy yondashuv

Yangilik madaniy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti N.Baqoyev  tashabbusi bilan JAP-AU 23 guruhi talabalari uchun “Yaponiya milliy taomlari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotda fanlararo integratsiya asosida til, madaniyat va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unlashtirildi.

Dars jarayonida talabalar Yaponiya oshxonasining shakllanish tarixi, milliy taomlarning madaniy-ma’naviy mazmuni hamda ularning kundalik hayotdagi o‘rni haqida nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, mashg‘ulotning amaliy qismida talabalar sushi va boshqa an’anaviy yapon taomlarini tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etib, o‘z bilimlarini amalda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Nazariya va amaliyotning o‘zaro uyg‘unlashuvi mashg‘ulot samaradorligini oshirib, talabalarda kasbiy qiziqish, jamoaviy ishlash va madaniyatlararo kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qildi. Ochiq dars zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida tashkil etilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.