“SHE’RIYAT GULSHANI” IJODIY TANLOVI — IJODIY TAFAKKUR VA ADABIY SAVIYA MAYDONI

Yangilik madaniy

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil etilgan “She’riyat gulshani” nomli ijodiy tanlov Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida, institut  Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlar orasida badiiy adabiyotga qiziqishni kengaytirish, she’riy tafakkurni chuqurlashtirish hamda iqtidorli talabalarni aniqlash maqsadida o‘tkazildi.

Tanlov jarayonida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan she’riy chiqishlar va ijodiy ishlarda adabiy tafakkur, badiiy ifoda aniqligi, obrazlilik, mualliflik yondashuvi hamda mazmuniy chuqurlik asosiy baholash mezonlari sifatida e’tiborga olindi. Hakamlar hay’ati tomonidan amalga oshirilgan xolis va tizimli baholash natijalariga ko‘ra, yakuniy natijalar belgilandi: 

1-o‘rin — Namangan davlat universiteti, 
2-o‘rin — Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, 
3-o‘rin — Turan universiteti va UBS vakillari.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Mazkur ijodiy tashabbus institutlararo adabiy muloqotni kengaytirish, talabalar ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.