Talabalar bilan giyohvandlik va psixotrop vositalar oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Yangilik ilmiy

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Ro‘zimatov Mahmudjon hamda tuman sudi sudyasi Tursunov Olimxo‘ja ishtirokida Filologiya fakulteti talabalari bilan giyohvandlik va psixotrop vositalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida giyohvandlikning jamiyat va yoshlar hayotiga salbiy ta’siri, ushbu turdagi jinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Sud vakillari tomonidan real hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berilib, talabalar bilan ochiq muloqot olib borildi.

Mazkur davra suhbati yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, huquqiy bilim va hushyorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.