O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 15–17-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilish hamda 2025-yil 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasida 2025-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari rahbar va mas’ul xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘yicha 24 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursi doirasida oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tizimli tashkil etish, boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, rejalashtirish va monitoring jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, davlat siyosati doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.
Malaka oshirish kursida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti birinchi prorektori X.Nishonov ishtirok etib, oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, rahbarlik faoliyatida zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini sifatli tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirmoqda.
O‘quv kursi yakunida egallangan bilim va ko‘nikmalar oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini tizimli va nazorat asosida ta’minlashga xizmat qilishi rejalashtirilgan.