12-dekabr kuni Namangan davlat chet tillari institutining Filologiya fakultetida o‘qituvchi Zarnigor Ismoilova Eng-BU-25 guruhi bilan birgalikda Amaliy fonetika fanidan ochiq dars tashkil etdi. Dars juda mazmunli va foydali ma’lumotlar bilan to‘la bo‘ldi. Qiziqarli o‘yinlar va mashqlar talabalar bilimini baholashga yordam berdi.
Talabalar savol-javob sessiyalari, guruh ishlari va kichik loyihalar orqali faol ishtirok etib, bilimlarini mustahkamladilar. Ochiq dars issiq, qiziqarli va samarali muhitda o‘tkazildi.