“Men bilgan Koreya” tanlovida institutimiz talabalari kuchli uchlikda!

Yangilik ilmiy

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya va tillarni o‘qitish, Koreys tili, KOR-AU-23 guruh talabalari Koreya Respublikasi tomonidan tashkil etilgan KF e-school  hamda Yongnam Universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro “Men bilgan Koreya (네가 아는 한국)” nomli  videoloyiha tanlovi oktabr oyida bo'lib o'tdi. Mazkur tanlovda Indoneziya, Vetnam, Rossiya, Mo‘g‘uliston va Xitoy kabi davlatlardan jami 35 ta guruh qatnashdi. N. Xo'janazarova rahbarligida koreys tili yo‘nalishidagi ikki jamoa mazkur musobaqada munosib ishtirok etib,  faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Talabalar tomonidan tayyorlangan videoloyiha mazmuni, ijodkorlik yondashuvi va koreys tilidan foydalanish darajasi tashkilotchilar tomonidan yuqori baholandi.
1-guruh 매력 (meryok)
2-guruh 한사랑 (hansarang)

Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘olib jamoalarga mo‘ljallangan sovg‘alari bank orqali talabalar kartalariga o‘tkazib beriladi.

G‘olib talabalarmizni chin dildan tabriklaymiz!
Ularning ushbu muvaffaqiyati institutimizning fahridir.