Korrupsiya – taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi muammo

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Ikramov, Til va tarjima fakulteti ta’lim-tarbiya maslahatchi tyutori M.Mirg‘aniyeva hamda talabalar ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir doirasida korrupsiyaga qarshi kurash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxo‘rlik va tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligi va mas’uliyat har bir fuqaroning ongida bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Davra suhbatida ishtirokchilar korrupsiyadan qutulish, islohotlarni uning salbiy ta’siridan himoya qilish va milliy taraqqiyotga hissa qo‘shish – har bir fuqaroning sharafli burchi ekanligini birdek anglashdi. Samimiy va interaktiv muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talabalar o‘z savollariga tushunarli va mukammal javoblar oldilar, amaliy misollar bilan mavzu boyitildi, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.