Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Filologiya fakultetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi
N.Ataboyeva hamda institut psixologi
L.Abdug’apporova tomonidan talaba-yoshlar uchun navbatdagi art-terapiya mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulot “Mening tanlovim — sog‘lik” shiori ostida o‘tkazilib, talabalarning ruhiy holatini yaxshilash, o‘zini anglash ko‘nikmalarini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratildi.
Art-terapiya jarayonida talabalar ranglar orqali o‘z hissiyotlarini ifodalash, ichki kechinmalarni bo‘shatish hamda ijobiy fikrlashni shakllantirish imkoniga ega bo‘ldilar. Mutaxassislar tomonidan stressni kamaytirish, psixologik barqarorlikni mustahkamlash, o‘z-o‘ziga ishonchni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar davomida yoshlar bilan sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, zararli odatlar va ularning oqibatlari keng yoritildi. Xususan, turli xil narkojinoyatlar, psixotrop vositalar, zararli moddalarga qiziqishning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berilib, ulardan yiroq yurish, ongli tanlov qilish va sog‘lom hayot tamoyillariga amal qilish zarurligi tushuntirildi.
Tadbir yakunida talabalarning ishlari ko‘rib chiqildi, ularning fikrlari tinglandi va ijobiy ruhda fikr almashildi. Art-terapiya mashg‘uloti talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ularning ruhiy yengillik his qilishlariga yordam berdi.