Bugun - milliy madhiyamiz qabul qilingan tarixiy sana. Bu kun xalqimiz uchun naqadar ulug‘ bo‘lsa, qalblarimizdagi g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ham shunchalik yuksakdir. Davlat madhiyasi - bu Vatanga sadoqat, milliy birlik va mustaqillikning boqiy timsoli.
Davlat madhiyamizda O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning teran ma’nodagi satrlari va bastakor Mutal Burhonovning betakror ohanglari mujassam. Har bir satr - xalqimizning buyuk orzusi, har bir ohang - yuraklarni uyg‘otadigan qudratdir.
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida bugungi tong aynan shu muqaddas sadolar bilan boshlandi. Jarayonlari davlat madhiyasining ulug‘vor ohanglari ostida boshlanib, talabalar qalbida Vatanga muhabbat, mas’uliyat va g‘urur tuyg‘ularini yanada uyg‘otdi.

O‘zbekiston madhiyasi - xalqimizning ruhiy kuchi, ma’naviy yuksalishi va milliy birdamligining ulug‘ ramzidir!