5-dekabr kuni Tayvanda 2025-yilgi UI GreenMetric reytingi rasmiy e’lon qilindi

Yangilik madaniy

5-dekabr kuni Tayvanda 2025-yilgi UI GreenMetric reytingi rasmiy e’lon qilindi: Natijalar.
Dunyoning eng nufuzli “yashil" universitetlar reytingida Oʻzbekiston oliygohlari ham munosib natija qayd etdi. Ushbu reyting barqaror rivojlanish, ekologik madaniyat va yashil infratuzilmani hisobga olgan holda universitetlarni baholaydi.

Asosiy ko‘rsatkichlar:
105 davlatdan 1 745 ta universitet baholangan.Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti 1071-o‘rinda qayd etdi.

Shu safda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti ham bor! Bu yutuq institutning barqaror ekologik strategiyasi, ilmiy-tadqiqot ishlari va jamoaning fidoyiligi natijasidir.

Jamoamizni ushbu yuksak e’tirof va xalqaro tan olinish bilan samimiy tabriklaymiz!