Kitobxonlik — inson tafakkurini kengaytiruvchi, dunyoqarashni boyituvchi, yangi g‘oyalar sari yetaklovchi bebaho manbadir. Har bir o‘qilgan asar o‘zida bilish, o‘rganish va izlanish ruhini olib keladi.
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Axborot-resurs markazi fondi yana mazmunan boy, ilmiy ahamiyatga ega yangi adabiyotlar bilan boyidi. ARM tomonidan ushbu nashrlar talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilindi va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Institut fondiga kelib tushgan adabiyotlar:
“Yo‘qolgan tamaddun”
“Armiya va tarbiya”
“Yuksalayotgan O‘zbekiston — Saylov 2024”
“Sh. Mirziyoyev — jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi” (lotin va kirill alifbosida)
“O‘rta asrlar islom dunyosi madaniy boyliklari. Buxoro viloyati kolleksiyasi” — 51-tom
“Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi to‘plami” — 64-tom
“Ozarbayjon to‘plamlarida” — 61-tom
“O‘zbekiston janubidagi durdonalar. Surxondaryo muzeyi to‘plamlari” — 56-tom
“Shu. Marjoniy nomidagi ilmiy va madaniy dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi kolleksiyasi” — 57-tom
Jami 9 nomda 44 ta yangi kitob ARM fondidan munosib o‘rin oldi.
Mazkur nashrlar O‘zbekistonning boy madaniy merosini ilmiy asosda tadqiq etish, tarixiy xotirani mustahkamlash va ular haqida keng jamoatchilikda tasavvur uyg‘otish maqsadida chop etilgan. Ular mamlakatimizning 12 viloyatiga oid tarixiy maskanlar, qadimiy yodgorliklar va madaniy meros namunalarini o‘z ichiga oladi.
Targ‘ibot tadbirida kitoblarning mazmuni, ilmiy qiymati va o‘quv jarayonidagi qo‘llanishi borasida talabalar bilan fikr almashildi. ARM jamoasi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni izchil davom ettirmoqda.