Filologiya fakulteti ezgulik ulashishda davom etadi

Yangilik madaniy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakultetining “Ibrat izdoshlari” volontyorlar jamoasi, Fakultet dekan o‘rinbosari Sh. Ne’matjonov, shuningdek fakultet yetakchi va koordinatorlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi — Qariyalar uyiga ezgu maqsadda tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida qariyalarga mehr ramzi bo‘lgan sovg‘alar ulashildi, shuningdek talabalar tomonidan musiqiy chiqishlar, qo‘shiqlar, she’rlar va samimiy suhbatlar tashkil etilib, qariyalar kayfiyati yanada ko‘tarildi. Tadbir nurli chehralar, duogo‘y oqsoqollar tilagi va iliq muhit bilan davom etdi.

Qariyalar uyining faxriy yashovchilari ko‘rsatilgan e’tibor va hurmatdan mamnun bo‘lib, yoshlar uchun samimiy duolarini aytishdi. Tashrif ishtirokchilari esa keksa avlod bilan muloqotdan chuqur ruhiy ko‘tarinkilik oldilar.

Mazkur tashrif Filologiya fakulteti yoshlari orasida insonparvarlik, mehr-oqibat, kattalarga hurmat kabi yuksak qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qildi.