Akademik mobillik — yangi marralar sari!

Yangilik ilmiy

Qirg‘izistonning O‘sh Davlat Universiteti talabalari Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida olib borgan o‘quv jarayoni, ilmiy izlanishlari va faolligi orqali akademik mobillik dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Bugun ular institut jamoasi tomonidan bayramona kayfiyatda, samimiy tilaklar bilan o‘z oliy ta’lim muassasasiga tantanali ravishda kuzatib qo‘yildi.

Ushbu dastur talabalarga:
- yangi bilim va kompetensiyalar,
- tajriba almashish imkoniyati,
- xalqaro do‘stlik va hamkorlik ruhini,
- kelajak faoliyatida qo‘l keladigan akademik ko‘nikmalarni taqdim etdi.

Safar davomida O‘shDU talabalari institutimiz haqida iliq fikrlar bildirib, o‘quv muhiti, professor-o‘qituvchilar bilan muloqot, talabalar hayoti va yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi. Ular, shuningdek, kelgusi semestrda yana tashrif buyurish istagini ham izhor qildilar.

O‘shDU talabalari — muvaffaqiyatlar yo‘lida!
Yangi marralar, yangi g‘oyalar va katta zafarlar sizlarni kutmoqda!