Namangan davlat chet tillari instituti — Filologiya fakultetida Public Speaking Contest!

Yangilik ilmiy

Filologiya fakultetining jasoratli 1-bosqich talabalari ishtirokida Public Speaking Contest musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Ushbu tadbir talabalarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda original g‘oyalarni taqdim etish uchun maydon yaratishni maqsad qilgan edi.

Musobaqaning birinchi bosqichida har bir ishtirokchi tanlangan mavzu bo‘yicha oldindan tayyorlangan nutq bilan chiqish qildi. Taqdimotlardan so‘ng savol-javob (Q&A) bosqichi o‘tkazildi. Hakamlar ishtirokchilarni e’lon qilingan mezonlar asosida baholadilar. Musobaqada qatnashgan barcha talabalarga ishtirok sertifikatlari, eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarga esa maxsus sovg‘alar topshirildi.

Public Speaking Contest muvaffaqiyatli o‘tkazilib, barcha ishtirokchilar uchun qimmatli tajriba bo‘ldi. Tadbir taqdimot qilish, tanqidiy fikrlash va improvizatsion muloqot kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berdi. Shuningdek, talabalarni o‘ziga xos g‘oyalarini erkin ifoda etishga undab, nutq mahoratini yanada takomillashtirishga ilhomlantirdi.