Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida psixolog L.Abdug’apporova va Til va tarjima fakulteti tyutori M.Usmonova tomonidan talabalarning emotsional farovonligi va sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan “Mening tanlovim — sog‘lik” mavzusidagi art-terapiya mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot davomida talabalar stressni yengillashtirishning samarali usullari, sog‘lom hayot tarzi tamoyillari va ichki kechinmalarni ijod orqali ifodalash bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajardilar. Jarayon ularning ruhiy holatini yengillatib, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, emotsional barqarorlikni oshirish va sog‘lom turmush sari ongli ravishda qadam tashlashlariga xizmat qildi.
Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlarini namoyish qilib, u orqali ruhiy holat va shaxsiy kechinmalarini ifodaladilar. Talabalar sog‘lom hayotning har bir inson hayotidagi eng to‘g‘ri va eng muhim tanlov ekanini alohida ta’kidladilar.