Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doimiy ravishda nazorat qilinmoqda.
To'raqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan ijtimoiy soha obyektlarining mavsumiy tayyorgarligi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar doirasida bugun institutning Filologiya fakulteti ham tekshirildi. Tuman prokurori A.Yusupov binoning infratuzilmasi, issiqlik tizimining ishlashi, sanitariya qoidalari va ta’lim jarayoni uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tekshiruv davomida issiqlik tizimlari ishga tayyorligi, o‘quv xonalari qish mavsumi uchun mos holatga keltirilgani, ko‘mir zahirasi shakllantirilgani va to‘g‘ri saqlanayotgani aniqlandi. Aniqlangan kichik kamchiliklar joyida bartaraf etildi va mas’ullarga qo‘shimcha tavsiyalar berildi.
Institut rahbariyati kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tizimli ravishda olib borib, talaba va xodimlar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini ta’minlashga e’tibor qaratmoqda.