Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakulteti jamoasi mehr va e’tibor bilan 48-maktab internati o‘quvchilari bilan uchrashdi. Fakultet dekan o‘rinbosari Sh.Ne’matjonov boshchiligida tashrif buyurgan “Ibrat izdoshlari” volontyorlari, BT yetakchilari va koordinatorlar ushbu aziz bolalarga quvonch, iliqlik va samimiy tuyg‘ular ulashishdi.
Bu bolalar — kuchning, irodaning, hayotga bo‘lgan cheksiz muhabbatning timsoli. Ularning qalbidagi porloq umid, tabassumidagi yorug‘lik bizga hayotning asl qiymatini eslatadi.
Tadbir davomida raqs va qo‘shiqlar, jonli suhbat va qiziqarli o‘yinlar orqali ularning har bir lahzasi quvonchga to‘ldi, ko‘zlarida esa alohida ishonch jilvalandi.
Biz uchun muhim bo‘lgan bir haqiqat yana bir bor tasdiqlandi:
Nogironlik — holat, ammo insonning qadr-qimmati, orzu va salohiyatiga hech qachon mezon bo‘lolmaydi.
Ushbu tashrifning bosh maqsadi — ijtimoiy hayotda har bir bolaga munosib e’tibor, hurmat va teng imkoniyat yaratish, ularning jamiyatimizda alohida o‘ringa ega ekanini yana bir bor his qildirishdir.