3-dekabr — Mehr va e’tibor bayrami: “Mettle Kids” markaziga ezgu tashrif

Yangilik madaniy

 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti hamda Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Davlatobod tumanidagi “Mettle Kids” nogironligi bor bolalarni parvarishlash markaziga tashrif uyushtirildi.

Tashrifda fakultet tyutorlari va ko‘ngilli talabalar bolajonlar bilan dildan suhbatlashib, ular uchun quvonchli lahzalar ulashishdi. Bolalarning ko‘zidagi quvonch, ishonch va mehr — bu ularga ko‘rsatilgan e’tibor va e’tirofning eng yuksak ifodasidir.

Nogironligi bor insonlar — jamiyatning ajralmas qismi. 
Ularning har bir muvaffaqiyati — matonat,
har bir intilishi — qat’iyat,
hayotga bo‘lgan har bir qadami esa — kuch va ilhom manbai.
Shu bois, ularga imkon yaratish, qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratish — barchamizning burchimiz.

Chunki imkoniyat bor joyda — iqtidor porlaydi,
Mehr berilgan jamiyatda esa inson qadri ulug‘lanadi.
Bugun emas — har kuni mehr, e’tibor va tushunishni ulashaylik!
Har bir inson baxtli yashashga loyiq!