Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektor maslahatchisi A.Shokirov, profilaktika inspektori leytenant A.Ortiqov hamda Til va tarjima fakulteti tyutori J.Abdurazzoqov talaba-yoshlarga “O‘zbekiston – dunyoviy davlat” mavzusida davra suxbati tashkil etishdi.
Davra suxbati davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat sifatida shakllangani tushuntirildi va ularga fuqarolarning e’tiqod erkinligi, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik, huquq ustuvorligi, ta’lim va ilm-fan rivoji hamda jamiyat barqarorligi va taraqqiyot kabi asosiy tamoyillar yetkazildi; ya’ni har bir shaxs o‘z diniy yoki dunyoviy qarashlarini erkin tanlay olishi, turli millat va diniy guruhlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashi, qonun hamma uchun bir xil bo‘lishi, davlat siyosati diniy yoki dunyoviy qarashlardan mustaqil bo‘lishi, dunyoviylik orqali bilim, ma’rifat va zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda barqarorlikni ta’minlashi tushuntirildi.
Shu bilan birga, davra suxbati ishtirokchilariga dunyoviylik tamoyili O‘zbekistonning xalqaro maydonda hurmatga sazovor bo‘lishi, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini rag‘batlantirishi va demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi haqida ham ma’lumot berildi.