Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti tyutori M.Usmonova tashabbusi bilan “Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida mazmunli va interaktiv davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda To‘raqo‘rg‘on tuman bosh norkologi Sh.Ibrohimov, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi rahbari F.Abdullayeva, shuningdek, Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Ataboyeva ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida giyohvandlikning shaxs, oila va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning psixologik, ijtimoiy va huquqiy oqibatlari chuqur tahlil qilindi. Ishtirokchilar profilaktik choralar, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish strategiyalari, shuningdek, yoshlarni narkotik vositalardan uzoq turishga undovchi interaktiv mashg‘ulotlar va real hayotiy misollar bilan o‘z bilimlarini boyitdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni giyohvandlikning zararli oqibatlaridan ogohlantirish, ularning salomatligi va kelajagini himoya qilish hamda ularni sog‘lom va faol hayot tarziga rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.
Shu kabi tadbirlar orqali institut yoshlar orasida ijtimoiy mas’uliyat, huquqiy ong va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.