“Yurtim qadriyatlari” koʻrik-tanlovining 1-fakultetlararo bosqichi o‘tkazildi

Yangilik ilmiy

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining 1-fakultetlararo bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovning asosiy maqsadi talaba-yoshlar ongida milliy g‘urur, vatanparvarlik va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirish, milliy an’ana, tarixiy meros, urf-odat va qadriyatlarni chuqur anglash hamda hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, jadid ma’rifatchilari faoliyati, ularning jasorati va millat ravnaqiga qo‘shgan hissasini yoshlar ongiga singdirish, talabalarning ijodiy, madaniy va intellektual salohiyatini namoyish etish, ijtimoiy faollikni rag‘batlantirish, iste’dodli yoshlarni kashf etish, ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik va ma’naviy-ma’rifiy muhitni kuchaytirishdan iborat.

Ko‘rik-tanlovda 6 ta jamoa uch shart asosida o‘z ijodiy chiqishlarini namoyish etdi:
Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar;
Kompozitsion musiqiy chiqishlar;
Jadidlar jasorati – millatimiz faxri.

Hakamlar hay’ati baholash natijalariga ko‘ra:
 “Millat nuri” – 18,3 ball (1-o‘rin)
 “Nurli yulduzlar” – 18,2 ball (2-o‘rin)
 “Qadriyatlar sohiblari” – 17,6 ball (3-o‘rin)
 “Ibrat folklor” – 17,6 ball (3-o‘rin)
Faol ishtiroki uchun “Sirius” (14,6 ball) va “O‘zbegim qizlari” (13,3 ball) jamoalari ham e’tirof etildi.

G‘olib jamoa – “Millat nuri” hududiy bosqichda institut sharafini munosib himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Tadbir yakunida barcha g‘olib jamoalar institut rektori diplomi bilan taqdirlandilar.