O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni hamda “Ta’lim muassasalarida giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish to‘g‘risida”gi 2025-yil 19-noyabrdagi 61 q/q-sonli qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, institutda yoshlar, ota-onalar va pedagoglarni giyohvandlik hamda narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilish institut birinchi prorektori X.Nishonov boshchiligida olib borildi. Tadbirda rektor maslahatchisi A.Shokirov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Samihanov, dekan o‘rinbosarlari, fakultet tyutorlari, profilaktika inspektori leytenant A.Ortiqov, Xotin-qizlar maslahat kengashi vakillari, kutubxona mudiri hamda yoshlar yetakchisi faol ishtirok etdi.
Yig‘ilishning asosiy maqsadi – institut jamoasi orqali Vazirlar va rektor murojaatini barcha talaba-yoshlar, ota-onalar va pedagoglarga yetkazish bo‘ldi. Tadbir davomida murojaat rasmiy tarzda ishtirokchilarga yetkazildi, uning mazmuni keng muhokama qilindi va giyohvandlik va narkojinoyatlardan himoya bo‘yicha konsepsiya va yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni tizimli, izchil va samarali amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shu orqali, ta’lim muassasasida giyohvandlik va psixotrop moddalardan xoli muhit yaratish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha ishlarning samarali bajarilishi ta’minlandi. Shu yo‘l bilan institutda xavfsiz va sog‘lom ta’lim muhitini yaratish hamda yoshlarni zararli illatlardan himoya qilishga qaratilgan ishlarning samarali bajarilishi ta’minlanadi.